Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MAVZUGA DOIR TADBIR TAShKIL ETILDI

×

 2022-02-16 18:23:51    72

PDF yuklash
Chop etish


DOLZARB MAVZUGA DOIR TADBIR TAShKIL ETILDI

         "Erni boqsang, yer seni boqadi" degan dono gap bor xalqimizda. Darhaqiqat, yerga mehr berib, unga qadalgan har bir ziroatni sidqidildan parvarish qilsangiz, ko'zlangan natijangizga albatta erishasiz - yaxshi hosil olasiz.

         Ayni kunda tumanimizda qishloq xo'jaligida foydalanmaydigan yerlarni o'zlashtirish bo'yicha katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Buning barobarida, yangi 2022 qishloq xo'jaligi yiliga tayyorgarlik ko'rish ham dolzarblik kasb etgan.

         Binobarin, tuman qishloq xo'jaligi sohasi mutasaddilari joylarda bo'lib, soha vakillari bilan uchrashib, bahorgi mavsumga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlarini olib borishmoqda.

         Bugun So'x tumani hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Muslimbek Mavlonbekov rahbarligida "Hushyor" shirkati ijarachilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda shirkat xo'jaligida ishlarni to'g'ri tashkil etish va Prezidentimizning dehqon xo'jaliklari tashkil etish bo'yicha qabul qilgan qaroriga oid tushuntirishlar berildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati