Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"LOYIHA GURUHI" FAOLIYaTI YO'LGA QO'YILDI

×

 2022-02-02 19:07:23    61

PDF yuklash
Chop etish


"LOYIHA GURUHI" FAOLIYaTI YO'LGA QO'YILDI

         Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun tashkil etilgan “Loyiha guruhi” So'x tumanida ham o'z faoliyatini boshlagan. Chunki So'x tumanida ham buning uchun sharoit va imkoniyat bor.

         Bugun O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umrzaqov topshirig'iga binoan vazirlikning maxsus ishchi guruhi tomonidan “Loyiha guruhi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan onlayn seminar trening o'tkazildi. Mazkur tadbirda ishtirok etgan So'x tumani vakillari ham ilgari surilgan g'oya bo'yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

         O'tkazilgan mazkur seminar treningda tumandan ishtirok etgan mutasaddi tashkilot rahbarlari va mutaxassislar tumanda investitsiya muhitini shakllantirish, investitson jozibadorlikni oshirish, So'xning o'ziga xos drayverlarni tanlab, uni amalga oshirish va tumanda ilg'or tajribalardan foydalangan holda tuman brendini yaratish bo'yicha o'z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Barcha hududlarda mazkur yo'nalishda berilgan taklif va tavsiyalarning eng saralarini tanlab olish va uni milliy an'analarga xos, uyg'un tarzda ommallashtirish bo'yicha mulohazalar bildirildi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati