Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YoShLAR YeTAKChILARIDAN YaNGI G'OYaLAR

×

 2022-02-02 16:54:48    76

PDF yuklash
Chop etish


YoShLAR YeTAKChILARIDAN YaNGI G'OYaLAR

         Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mahalallarga yoshlar vakili sifatida tayinlangan yoshlar yetakchilari haqiqatan ham yoshlarni o'ziga ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko'rsatadigan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar yoshlar bo'lishi lozim.

         Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishdek ishlarni amalga oshirish yoshlar yetakchisi zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

         Tumanimizning Saribozorcha mahallasiga yoshlar yetakchisi vazifasiga tayinlangan Muhib Azamjonov tashabbusi bilan mahallada hudud yoshlari ishtirokida “Gulxan atrofida so'hbat” tadbiri tashkil etilib, tadbirda ishtirok etgan yosh san'atkorlar mahoratidan barcha mahalla yoshlari bahramand bo'ldilar.

         Albatta, bu kabi tadbirlarni tashkil etish yoshlar uchun foydadan xoli emas. Agar mana shunday yangi g'oya va loyihalarni barcha hududlardagi yoshlar yetakchilari amalga tatbiq etishsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi va bunday tadbirlar yoshlarni birlashtiruvchi kuchga ham egadir.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati