Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MAHALLABAY” TIZIMI SAMARALARI

×

 2021-03-05 08:29:40    104

PDF yuklash
Chop etish


     “Mahallabay” ishlash tizimi bugun o’z samaralarini bermoqda. Aytish mumkin, ushbu tizim orqali barcha soha vakillarining o’z vazifasiga bo’lgan mas'uliyati ham takomillashmoqda. Bu yo’nalishda So’x tumanida tibbiyot sohasi vakillari ham keng ko’lamli ishlarni amalga oshirishayotir.

        Tuman tibbiyot birlashmasi bosh hakimi Ilhomjon Mallayevning ta'kidlashicha tashkil etilgan mobil brigadalar va “ko’chma ambulatoriya” orqali soha vakillari tumanning chekka hududlarida bo’lib, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishayapti.          

        Mobil brigadalar vakillari tor doiradagi mutaxassislar bilan birgalikda “mahallabay” tizimi bo’yicha xonadonma-xonadon aholi salomatligini tiklash va sog’lomlashtirish maqsadida Sharqobod mahalla fuqarolar yig’inida bo’lishdi va ehtiyojmand oilalar, bir joyda yotgan bemorlar, nogironlar, tibbiyot sohasiga ehtiyojmand fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi. Aniqlangan muammolarni joyida hal etish masalalari ko’rib chiqildi hamda mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan shtabda diagnostik tekshiruv ishlari olib borildi. 

        Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishga “mahallabay” yondashuvdan asosiy maqsad aholiga tibbiy-sanitariya yordam ko’rsatishda manzilli va maqsadli rejalarni belgilash hamda ularning ijrosi samaradorligini aniq va ob'ektiv baholashdir. Aytish mumkin, mobil brigadalar va “ko’chma ambulatoriya” faoliyatidan aholi mamnun va minnatdor.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram