Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO'ShALOQ TADBIR

×

 2021-03-02 10:17:41    85

PDF yuklash
Chop etish


QO'ShALOQ TADBIR

Bugun So'x tumani Alisher Navoiy nomidagi yoshlar ilmiy ijodiy markazida fasllar kelinchagi - Bahorga bag'ishlab, "Assalom, bahor!" mavzusi ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirok etgan 6 va 12-sonli UO'T maktablari o'quvchilari bahorga bag'ishlab adabiy-badiiy kompozitsiya namoyish etishdi.

         Shuningdek, buyuk o'zbek shoirasi Zulfiyaxonumning tavalludiga bag'ishlangan tadbir ham barchaga birdek manzur bo'ldi. "Zulfiyaxonum izdoshlari" shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda buyuk shoiraga bo'lgan ehtirom samimy she'r va  qo'shiqlar ila bayon etildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha ishtirokchilarni ushbu ayyom bilan qutlab, bunday tadbirlarni muntazam tashkil etish lozimligini bildirdi. Tadbir davomida faol ishtirokchilar va ikkala maktab jamoalari va o'quvchilariga tuman prokuraturasi va XTB ning esdalik sovg'alari topshirildi. Bahorning ilk kunida tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

                   So'x tumani hokimligi Axborot xizmati