Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Sux tuman Kengashi faoliyatiga bir nazar

×

 2020-07-25 11:47:37    125

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Sux tuman Kengashi faoliyatiga bir nazar

         O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Sux tuman Kengashining 4 nafar xodimlari - Ittifoq raisi I.Mastonov, ӯrinbosari R.Komilov,  mutaxasislar D.Muqimov va T.Ibragimovlar tashabbusi bilan belgilangan rejalar asosida ko'plab tanlovlar va aktsiyalar tashkil etib kelinmoqda. Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va jamiyatda o'rin egallab kelayotgan Ittifoq nufuzini yanada oshirishdan iborat.

         Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi raisi o'rinbosari Ravshanjon Komilovning so'zlariga ko'ra, yil boshidan yoshlar o'rtasida ko'p ko'rik-tanlovlar va tadbirlar o'tkazildi. Yil boshida, ya'ni yanvarь oyida “Kamalakdan yangi yil” aktsiyasi doirasida yangi yilni kasalxonada nishonlayotgan 150 nafar yoshlarimizga bayrami sovg'alari tarqatildi. Fevralь oyida tuman madaniyat uyida “Yoshlar shaxmat taxtasi” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi, g'oliblarning viloyat bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtiroklari ta'minlandi. Shuningdek, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ro'hida tarbiyalash maqsadida "Yosh chegarachilar", "Yosh qo'tqaruvchilar" kabi tanlovlar doimiy ravishda ӯtkazib kelinadi. Albatta, bunday tanlov va tadbirlar yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilishga qaratilgan.

         Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi tomonidan yoshlarning moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga ham alohida e'tibor qaratiladi. Shu yilning o'zida yurtimiz oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 5 nafar Suxlik yoshlarimizning kontrakt to'lovlarini to'lashga Kengash tomonidan amaliy yordam berildi. Mart oyining 16 sanasida yurtimizda karantin choralari kuchaytirilgan vaqtdan boshlab shu paytgacha Yoshlar Ittifoqi tomonidan ko'plab onlayn tanlovlar tashkil etilmoqda.

         9 may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sux tumanidagi ikinchi jahon urushi qatnashchilari haqida elektron ma'lumotlar bazasi shakllantirildi. 30iyun yoshlar kuni munosabati bilan "Biz bir safdamiz" loihasi doirasida tumandagi 30 nafar kam ta'minlangan oila farzandlariga ijtimoiy yordam kӯrsatildi. Shuningdek, yoshlar kunida tumandagi fa'ol yoshlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

         Kuni kecha tumandagi 2 sektor hududida bug'doydan bo'shagan yerlarni "Har bir yoshga bir gektar" loihasi asosida 10 nafar yoshlarga ajratib berildi. Shuningdek, tumanda Covid19 tarqalishini oldini olish maqsadida olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlarida yoshlarimiz faollik ko'rstishmoqda. Shuningdek, tuman yoshlarinig oliy ta'lim muassasalariga  hujjat topshirish jarayonida Yoshlar Ittifoqi xodimlari barcha bitiruvchilarga yaqindan yordam berib kelishmoqda.

         Bu Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kenashi tomonidan amalga oshirilgan ishlardan misollar xolos. Ishonamizki, Suxlik yoshlar Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibordan bahramand bo'lib, ona Vatanimizning gullab-yashnashi va rivojiga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shishga har doim intiladilar.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati