Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
112
12

72025-08-13 17:13

So'x davlat o'rmon xo'jaligini tashkil etish rejalari

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097329244941895.jpg

So'x tumanida ekologik barqarorlikni ta'minlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadida 3 980 gektar yer maydonida “So'x davlat o'rmon xo'jaligi”ni tashkil etish ishlari rejalashtirilgan. Loyiha Farg'ona davlat o'rmon xo'jaligi balansida amalga oshiriladi.

Manzili: Sohibkor, Tul, Qalacha mahalla fuqarolar yig'inlari.

Dastlabki qiymati: 1 000 000 (milliard) so'm.

Infratuzilma loyihalari soni: 3 ta — tik quduq kovlash, tomchilab sug'orish tizimini o'rnatish va tarmoq tortish.

Buyurtmachi tashkilotlar:

•“ Farg'ona mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati” DUK
• Farg'ona “XETK” AJ
•“ Suv ta'minoti va oqova suv ob'ektlari qurilishi bo'yicha injiniring kompaniyasi”

Loyiha doirasida quyidagi yo'nalishlar amalga oshiriladi:

• ko'chatchilikni yo'lga qo'yish;
• asalarichilikni rivojlantirish;
• dorivor o'simliklar — shafran, kavrak, lavanda, yapon va xitoy choylarini yetishtirish.

Kutilayotgan natijalar:

• Auktsionga chiqariladigan 100 ta ob'ekt (lot) tayyorlanadi;
• 100 nafar aholi o'zini-o'zi band qilish imkoniyatiga ega bo'ladi;
• sohada 50 ta yangi ish o'rni yaratiladi.

Loyiha bo'yicha qurilish va infratuzilma ishlarini yakunlash 2026 yilga mo'ljallangan.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz