Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
112
12

82025-08-13 17:10

So'x tumanida ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor samaralari

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990105755.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990108145.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990109340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990110535.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990112925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990115315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990116510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097328990117705.jpg

Respublikamizda, ayniqsa, davlatimiz rahbari e'tibori asosida ta'lim sohasini tubdan isloh qilishga doir amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar yurtimizning eng chekka hududlarida ham o'z natijalarini bermoqda.

So'x tumanida ham mazkur yo'nalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolarning talab va istaklarini inobatga olgan holda ta'lim muassasalari uchun qo'shimcha binolar qurilmoqda.

Qaqir mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 14-sonli umumta'lim maktabida ham bugungi islohotlar samarasi yaqqol ko'zga tashlanadi. Mazkur maktabda investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

Kuni kecha tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida qurilayotgan yangi qo'shimcha binoning tamal toshi qo'yildi. Berilayotgan e'tibordan mamnun bo'lgan mahalliy fuqarolar davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik izhor etishdi.

Loyiha doirasida Qaqir mahala fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 14-sonli umumta'lim maktabida 420 o'rinli qo'shimcha o'quv binosi qurilishi hamda mavjud 624 o'rinli o'quv binosi kapital ta'mirlanishi rejalashtirilgan. Qurilish va ta'mirlash ishlariga 11 milliard 280 millionso'm mablag' ajratilgan bo'lib, ularni “Sada” MChJ amalga oshirmoqda.

Xulosa qilib shuni baralla ayta olamizki, yurtimizda ta'lim sohasiga qaratilgan alohida e'tibor va amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlod uchun munosib ta'lim muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz