Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
96
11

3012025-07-18 19:01

Toshloq tumanida aholi muammolarini o‘rganish, ularga yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan sayyor qabul va navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2094652519965190.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2094652519966385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2094652519967580.jpg

Sayyor qabul jarayonida tumanning turli mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlari bilan hokimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Qabulda, asosan, ish bilan ta’minlash, uy-joy, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yer masalalari hamda ijtimoiy yordamga oid muammolar ko‘tarildi.

Har bir murojaat alohida o‘rganilib, tegishli soha mutasaddilari ishtirokida joyida hal etish choralari ko‘rildi. Ayrim masalalar bo‘yicha joyidayoq tegishli rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Abduqahhor Djurabayev fuqarolar murojaatlarini diqqat bilan eshitib, tuman rahbariyatining asosiy vazifasi aholi farovonligini oshirish, joylarda mavjud muammolarni bartaraf etish va odamlarni rozi qilishdan iborat ekanini ta’kidladi.

Mazkur sayyor qabul xalq bilan davlat o‘rtasidagi ishonch mustahkamlanishi, ochiq muloqot asosida fuqarolarning haqli talab va ehtiyojlariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz