Farg‘ona tumanida iste‘molchilar yangi elektr tarmog‘iga ulanmoqda


Farg‘ona tumani “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholining elektr ta‘minotini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan xonadonlarga yangi elektr kabeli tortilayotgan bo‘lib, iste‘molchilar zamonaviy tarmoqqa ulanishi ta‘minlanmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasi hisoblagichlari mansublik chegarasiga olib chiqilib, texnik talablarga mos tarzda joylashtirilmoqda.
Mazkur ishlar aholi uchun uzluksiz va barqaror elektr ta‘minotini yaratish, mavjud quvvat yo‘qotishlarini kamaytirish hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tish yo‘lida muhim qadamlardan hisoblanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Dolzarb 90 kun” doirasida “Mahalla kubogi”ga start berildi




So'x tumanida ichki yo'llarni asfalьtlash ishlari davom etmoqda