"Bir yurak – bir jamiyat" shiori ostidagi ma‘naviy-ma‘rifiy va madaniy festival o‘tkazildi










Farg‘ona tumanida erta tongdan doira sadolari ostida "Bir yurak – bir jamiyat" shiori ostidagi ma‘naviy-ma‘rifiy va madaniy festival doirasida milliy liboslar targ‘ibot tadbiriga tantanali tarzda start berildi.
Tadbir Farg‘ona tumani hokimligi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda “Mehribon qo‘shnichilik”, “Yoshlar hamjihatligi”, Har xil millat vakillari milliy taomlari, “Milliy liboslar”, “Kitoblar” savdo yarmarkalari, “Sog‘lom ovqatlanish” ko‘rgazmalari, turli sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, dor o‘yinlari, “Qo‘lma-qo‘l kitob” loyihasi doirasida 500 ga yaqin kitoblar tarqatildi.
San‘atkorlar, jajji bolajonlar tomonidan tayyorlangan madaniy konsert dasturi tomoshabinlarga o‘ziga xos zavq baxsh etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


“Dolzarb 90 kun” doirasida “Mahalla kubogi”ga start berildi




So'x tumanida ichki yo'llarni asfalьtlash ishlari davom etmoqda