“Bir yurak — bir jamiyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy festivali bo‘lib o‘tdi

Toshloq tumanida “Bir yurak — bir jamiyat” shiori ostida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — mahallalarda ahillik va birdamlikni mustahkamlash, aholining ma’naviy ongini yuksaltirish, yoshlarni ezgulik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Ucholish mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan ushbu tadbirda nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar va san’atkorlar faol ishtirok etdi.
Dastur davomida elimiz sevgan san’atkorlar ijrosidagi milliy qo‘shiqlar, raqslar, sahna ko‘rinishlari, kitoblar va milliy taomlar ko‘rgazmasi hamda “Zakovat” intellektual o‘yini barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
“Bir yurak — bir jamiyat” shiori xalqimizning azaldan mavjud birdamlik va hamjihatlik an’analarini ifoda etadi. Mazkur madaniy tadbir har bir yurakni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga, mehr va birlikni kuchaytirishga, do‘stlik va oqibatni mustahkamlashga, yoshlarni ezgu ishlarga undashga xizmat qildi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy kecha tuman hokimligi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda madaniyat xodimlarining hamkorlikda amalga oshirilgan tashabbusi sifatida o‘zining ahamiyatini namoyon etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Farg‘ona tumanida festival doirasida navbatdagi tadbir 3-maktabda o‘tkazildi

Farg‘ona tumanida madaniy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Farg‘ona tumanida milliy liboslar targ‘iboti davom etmoqda

Farg‘ona tumanida milliy liboslar targ‘ibotiga start berildi

Farg‘ona tumanida iste‘molchilar yangi elektr tarmog‘iga ulanmoqda