Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
85
9

232025-07-01 19:43

Toshloq tumani “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025 yil 2-bosqichi boshlanishi to‘g‘risida ma’lumot

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2092900294250735.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 30 yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori asosida joriy etilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025-yil 1-bosqichi 01-fevraldan 20-martga qadar uch bosqichdan iborat jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni o‘tkazilib 15 ta taklif g’olib bo’lgan edi.
Xuddi shunday “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2-mavsumi joriy yilning 15-iyul kunidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Bunga ko‘ra:
15-iyuldan 3-avgustga qadar – loyiha kiritish bosqichi;
4-avgustdan – 18-avgustga qadar – loyihalarni saralash bosqichi;
19-avgustdan – 21-avgustga qadar – targ‘ibot bosqichi;
22-avgustdan – 31-avgustga qadar – ovoz berish bosqichlari o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Sizlardan ushbu jarayonda o‘zingizni loyihangizni ilgari surib ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Boshqa yangiliklar