Ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi







Kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan fuqarolar holidan xabar olish va ularga yordam qo'lini cho'zish eng xayrli va savob amallardan hisoblanadi. Bunday harakat va intilishlar insonlar o'rtasidagi mehr-oqibatni ham yanada kuchaytiradi.
"Hududgaz Farg'ona" GTF “So'xtumangaz” gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i Umarjon Madumarov bugun Yangiariq mahallasidagi kam ta'minlangan oilalar, ko'p bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lib qolgan fuqarolar xonadonlarida bo'lishdi.
Tashrif chog'ida ushbu fuqarolarga sovg'a-salomlar yetkazildi, hollaridan xabar olish barobarida ularning muammolari ham o'rganildi. Insonlarga e'tibor va ehtiyojmandlarga yordam qo'lini cho'zib, ularga amaliy ko'mak ko'rsatish insoniylikning yorqin namunasidir.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




