Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
85
9

182025-07-01 18:54

Savol bering, javob beramiz

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2092896793975040.jpg

Auktsionda olingan, lekin hujjati yo'q yer uchastkasini qanday qonuniylashtirish mumkin?

Savol: Assalomu alaykum. Menga 2016 yilda bir yer uchastkasi berilgan, ammo uning auktsionda yutilganligini tasdiqlovchi hujjati yo'q. O'sha paytda ikkita ko'chadagi yer uchastkalari uchun auktsion o'tkazilgan va boshqa qo'shnilarimda hujjatlar mavjud. Men 2024 yilda ushbu yer uchastkasiga uy qurdim. Endi qanday qilib bu yer uchastkasiga hujjat olsam bo'ladi?

Javob: "Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida"gi Qonunning 31-moddasiga muvofiq, 1998 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 avgustga qadar ajratilgan yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer uchastkasini berish haqidagi qarori;
2. Notarial tasdiqlangan meros qilib olish huquqi to'g'risidagi guvohnoma;
3. Yer uchastkasi auktsionda sotib olingan bo'lsa, tuman (shahar) hokimi tomonidan berilgan davlat orderi.

Yuqoridagi hujjatlardan biriga ega bo'lgan shaxs yer uchastkasiga bo'lgan huquqning egasi hisoblanadi va faqat shu shaxs yer uchastkasi ustidagi imoratga kadastr hujjatlarini tayyorlatishga haqli.

Sizning holatingizda, agar siz auktsionda qatnashgan bo'lsangiz-u, lekin hozirda auktsion dalolatnomasiga ega bo'lmasangiz, arxivdan ma'lumot olishingiz kerak bo'ladi. "Arxiv ishi to'g'risida"gi Qonunning 24-moddasiga ko'ra, davlat organlarining arxiv hujjatlari kamida o'n yil davomida saqlanadi. Shu sababli, siz hududiy arxiv bo'limlariga murojaat qilib, auktsion dalolatnomasining ko'chirmasini olishga harakat qilib ko'rishingiz mumkin.

Yazdonali Masutalizoda - "JUSTICE CHAMBER LEGAL PATH" advokatlik byurosi advokati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz