Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
85
9

242025-06-30 10:20

"Toshloq tongi" — yangi shakl, yangi yondashuv: ijodiy jamoa bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2092756681661430.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2092756681663820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2092756681665015.jpg

Toshloq tumanidagi bosh ommaviy axborot vositalaridan biri — "Toshloq tongi" gazetasi endilikda yangilangan shaklda faoliyat yuritishni boshlaydi. Zamonaviy tahririy yondashuvlar, ko‘rgazmali dizayn, mazmunan boy tahlillar va interaktiv usullar orqali gazeta o‘z o‘quvchilariga yangicha tarzda xizmat qiladi.
Bugun shu munosabat bilan "Toshloq tongi" ijodiy jamoasi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda tuman rahbariyati, mahalliy tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etib, tahririyatning faoliyati, duch kelayotgan muammo va takliflar muhokama qilindi.
Muloqot davomida ijodiy jamoa gazetaning texnik ta’minoti, axborot manbalarga yetarlicha kirish imkoniyati, yangi media texnologiyalardan foydalanish, mahalliy materiallarni tezkorlik bilan tayyorlashdagi to‘siqlar haqida gapirdi.
Shuningdek, jurnalistlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, joylardagi voqea-hodisalarni xolis yoritish, aholi ovozini eshitish va mahalliy tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman rahbariyati tahririyatning yangilanishi va rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirib, "Toshloq tongi" gazetasini tuman hayotining oynasiga aylantirishda hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv konstruktiv muhokama va ijobiy takliflar ruhida o‘tdi. Mazkur muloqot "Toshloq tongi" tahririyatining kelgusidagi samarali faoliyati uchun muhim qadam bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Boshqa yangiliklar