Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

30 maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi.
Ariza qanday topshiriladi?
Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qo'mitasining axborot tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.
Tavsiyanoma kimlarga beriladi?
Kam ta'minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
Nogiron farzandi bo'lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
14 yoshgacha bo'lgan 2 va undan ortiq bola o'stirayotgan yolg'iz ayollarning qiz farzandlariga;
Ota-onasining nogironligi bo'lgan qizlarga;
Farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan onalarga.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!