Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi








Rovon mahalla fuqarolar yig'inida mahalla ahli bilan odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari targ'iboti bo'yicha davra suhbati o'tkazildi. Mazkur davra suhbatida Fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tuman sudining raisi Sh. Abdullayev, JIB So'x tuman sudi tergov sudьyasi B. Yuldashevlar ishtirok etdi.
Huquq-tartibot organlari vakillari, mahalla yettiligi qatnashgan mazkur davra suhbatida dastavval, fuqarolik ishlari bo'yicha So'x tuman sudining raisi Sh. Abdullayev so'z olib, hozirgi vaktda odam savdosi o'ta murakkab va ijtimoiy xavfli hodisa hisoblanib, u tomonidan yetkazilayotgan zararni amalda hisobga olish imkoniyati yo'qligi, bu esa turli xil jinoyatlarni sodir etilishiga turtki bo'lib, jamiyatni moddiy texnik, intellektual salohiyatini pasaytirishi va uning genofondini buzishini alohida ta'kiladi. Shuningdek, O'zbekistonda bu bo'yicha olib borilayotgan amaliy ishlarga oid ham alohida to'xtaldi.
Tadbirda so'z olgan jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudining tergov sudьyasi B. Yuldashev asosan odam savdosiga oid xalqaro huquqiy hujatlarga to'xtaldi. Jumladan, 2000 yildagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining “BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka karshi konventsiyasiga odam savdosi va ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va taqiqlash hamda bunday hatti-harakatlarga nisbatan jazo qo'llash to'g'risidagi qo'shimcha Bayonnoma” haqida to'liq ma'lumot berdi.
Tadbir davomida ishirokchilar o'z savollariga mutasaddilardan javoblar oldilar. Darhaqiqat, odam savdosi bu asr vabosi sanaladi va unga qarshi barchamiz birdek kurashmog'imiz lozim.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!