Tuman avtomobil yo'llari bo'limi xodimlariga Qurbon hayiti munosabati bilan sovg'alar taqdim etildi



Ehtiyojmand fuqarolar, kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalar holidan xabar olish kabi ezgu amallar, bayram va tarixiy kunlarda ularni tabriklash yaxshi an'anaga aylanib qolgan. Berilgan mehr-oqibat bunday insonlar ko'nglida hayotga bo'lgan shavqni yanada oshiradi.
So'x tuman avtomobil yo'llar bo'limi tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan yolg'iz va nogironligi bo'lgan, ehtiyojmand oilalar va mazkur korxona ishchi-xodimlarining holidan xabar olinib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari bo'lim mutasaddilari va xodimlari ishtirokida manzilli yetkazib berildi.
- Bunday xayrli amallarni muntazam davom ettiramiz va berilgan bir lahzali mehr bunday fuqarolarni yanada quvontiradi. Aslida mehr ulashish, odamlarga mehribonlik qilish odamiylikning eng oliy fazilatidandir, - deydi korxona rahbari Zafarjon Mirzoyev.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!