Yoshlar muammolarini o'rganish va ularga yechim topish – bugungi kunning asosiy masalasi!




Respublikamizda yoshlar bilan ishlashda joriy etilgan yaxlit tizim orqali ularning muammolarini o'rganish va aniqlangan kamchiliklarga yechim topish yuzasidan amaliy ishlar qilinayotir. So'x tumanida ham ushbu yo'nalishda arzirli ishlar qilinyapti. So'x tumanida yoshlar muammolarini aniqlash va ulani bartaraf etish bo'yicha mutasaddi rahbarlar shakllantirilgan ro'yixat asosida yoshlarga biriktirilgan.
Tumandagi “og'ir” toifadagi 338 nafar ishsiz yoshlar 25 nafar raxbarlarga nomma-nom biriktirib chiqilgan. Shundan, viloyat darajasidagi 2 nafar rahbarlarga 52 nafar hamda tuman darajasidagi 23 nafar rahbarlarga 286 nafar yoshlar biriktirildi.
Tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo'limiga ham Devayron mahalla fuqarolar yig'inidan 7 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, o'rganish natijasida ushbu yoshlardan 4 nafari ishga joylashtirildi, 1 nafari alohida ro'yxatga olingan bo'lib, yana 2 nafariga ish joyi taklif qilindi. Ayni kunda bo'lim xodimlari mahallada bo'lib, yoshlar bilan bevosita xonadonma-xonadon tizimi asosida o'rganish ishlarini olib borishyapti.
Amalga oshirilayotgan tizimli ishlar orqali yoshlar muammolari bartaraf etilmoqda. Bugungi kunga qadar jami 338 nafar ishsiz yoshlarning 159 nafarini (47%) bandligi ta'minlandi hamda 3 nafari kasb-hunarga yo'naltirildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So'xlik Afzalbek boks bo'yicha musobaqalarning respublika bosqichida!



Navobod mahallasining ichki ko'chalari ham asfalьtlashtiriladi

Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi