Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
67
9

522025-05-31 16:42

G'aznov mahallasida mahalla raisi boshchiligida hashar tashkil etildi – mahalla guzari va qabristoni fuqarolar tomonidan tozalandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656697765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656701350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656704935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656707325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656710910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656716885.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656719275.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2089686656724055.jpg

Halqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an'ana bor. Bu odat yillar o'tsaki, o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo'ladi.

G'aznov mahalla fuqarolar yig'inida “Obod va fayzli mahalla-yurt ko'rki" shiori ostida ertalabdan Sulton Mahmud ziyoratgohi va ushbu hududda joylashgan qabristonda hashar tashkil etildi. Mahalla raisi Mirzohakim Abbosovning so'zlariga ko'ra, bunda mahalla ahli va nuroniylar fa'ol qatnashdilar.

- Hasharda qatnashgan mahalla ahliga homiylarimiz tomonidan issiq ovqat, milliy taomimiz palov pishirib berildi va keksa nuroniylarimiz bir piyola choy ustida suhbat qilishdi. Bunday obodonchilik amallari mahalla hududida muntazam davom ettiriladi, - deydi mahalla raisi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz