Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
48
5

132025-04-28 11:46

Turar joydan foydalanish nizolarini hal etishda sudning roli: Uy-joy kodeksining 32-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishning huquqiy va ijtimoiy ahamiyati

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086258282301710.jpg

Turar joy har bir insonning asosiy ehtiyoji bo‘lib, u nafaqat mulkiy huquq, balki ijtimoiy barqarorlikning asosiy omillaridan biridir. O‘zbekistonda uy-joyga oid huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi bilan tartibga solinadi.
Bilamizki, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 26-moddasiga uy-joy bilan bog‘liq nizolar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1053-sonli Qonuni bilan mazkur kodeksning 32-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish, mulkdor va boshqa turar joy foydalanuvchilari o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni chuqurlashtirish, mavjud nizolarni samarali hal etishga xizmat qiladi.
Kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud tomonidan taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.
Bu normaning mohiyati shundaki, endilikda sud faqat nizoga huquqiy baho berish bilangina kifoyalanmay, balki taraflarning kelishuviga asosan nizoni adolatli tarzda muqobil yo‘llar bilan hal qilishi mumkin.
Yuqoridagi o‘zgartirishga ko‘ra, sud quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rib chiqishi mumkin:
Nizoli tarafni boshqa, mutanosib sharoitdagi turar joyga ko‘chirish;
Ijaraning tartibi va miqdorini kelishuv asosida belgilash.
Bu huquqiy yondashuv o‘zaro adolatli va ijtimoiy jihatdan maqbul qaror qabul qilish imkonini beradi.
2022–2024 yillarda sudlarda ko‘rib chiqilgan turar joy nizolari soni yildan-yilga oshgan:
2022-yil 3200 ta;
2023-yil 3700 ta;
2024-yil 4200 ta.
Bu raqamlar uy-joy masalalariga oid nizolarning ahamiyatini va ular bo‘yicha samarali mexanizm zarurligini ko‘rsatadi.
Uy-joy kodeksining 32-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar turar joydan foydalanish bo‘yicha yuzaga kelgan nizolarni hal qilishda sudning rolini kengaytiradi. Bu esa ijtimoiy barqarorlik, fuqarolarning yashash huquqi va mulk huquqi o‘rtasida muvozanatni ta’minlovchi muhim huquqiy mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

Turdaliyev Azizjon
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
O‘zbekiston tumanlararo sudining sudyasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz