Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
61
9

1222025-04-29 15:56

Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes vakillarining bank sohasiga oid muammolariga yechim izlandi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086379437522500.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086379437527280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086379437528475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086379437529670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086379437530865.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086379437532060.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2086379437534450.jpg

O‘zbekiston tumanida Markaziy bankning Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Do‘saliyev ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar, shuningdek bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kredit turlari va imtiyozlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Bosqichma-bosqich o‘z biznesini kengaytirish niyatidagi ishbilarmonlarning loyihalari bilan tanishilib, ularning soha rivojiga oid taklif-mulohazalari tinglandi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning o‘z faoliyatlarini yanada kengaytirish, bank kreditlari, biznes loyihalarni moliyalashtirish kabi masalalarga oid murojaatlari o‘rganilib, muammolarini hal etish choralari izlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz