2025 yilda So'x tumanida qurilish sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi

Joriy yilda qurilish pudrat ishlari, uy-joylar qurilishi va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari qurilishlarini amalga oshirish hisobiga qurilish ishlari hajmi – 243,3 milliard so'mga yetkazishni rejalashtirganmiz.
Xususan
Investitsiya dasturlari doirasida 27,1 milliard so'mlik qurilishi ishlari, tashabbusli byujet mablag'lari hisobidan 18,0 milliard so'mlik qurilish ishlari, ko'p qavatli uy-joy qurilishlarini amalga oshirish uchun 58,0 milliard so'mlik, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha 25,5 milliard so'mlik hamda boshqa qurilish yo'nalishlarida 121,3 milliard so'mlik qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Sohalar kesimida ko'rib chiqadigan bo'lsak, jumladan
hududlarda elektr ta'minotini yaxshilash bo'yicha 6.3 milliard so'm mablag'lar hisobiga 15 dona transformator punktlari hamda 28,7 kilometrdagi elektr tarmog'larini qurish va ta'mirlash ishlari olib boriladi;
hududlardagi 18 ta ijtimoiy soha ob'ektlarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari uchun jami 54,0 milliard so'mlik mablag'lar sarflanadi;
hududlardagi 30,1 kilometr ichki yo'llar va umumiy fodalanuvdagi avtomobil yo'llarini ta'mirlash ishlari uchun jami 16,5 milliard so'mlik mablag'lar sarflanadi;
hududlardagi 15,0 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini ta'mirlash ishlari uchun jami 2,250 milliard so'mlik mablag'lar sarflanadi;
shu bilan birga ekspluatatsiya muddatini o'tab bo'lgan hamda seysmik zaifligi va avariya alomatlari aniqlangan ko'p kvartirali uy-joylarni renovatsiya loyihalarni amalga oshirish bo'yicha Qaqir mahalla fuqarolar yig'inidagi 2 qavatli jami 8 ta xonadonlar o'rniga 5 qavatli jami 20 ta xonadondagi uy-joylar quriladi.
Shu bilan birga 2025 yilda tumandagi mahalla fuqarolar yig'inlari hududlarida jami 212,0 milliard so'mlik qurilish loyihalarni amalga oshirish hisobiga 700 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi.
Zayliddin Iskandarov – So'x tumani iqtisodiyot va moliya bo'limi mudiri birinchi o'rinbosari
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So‘x tumani chakana savdo tovar aylanmasi hajmi qanchani tashkil etdi


So'x tumanida ham “Oila va xotin-qizlar maskani” faoliyat boshladi