Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
47
5

152025-04-26 19:07

Hududlar, ayniqsa, tuman markazi tozaligi va ozodaligiga barchamiz birdek mas'ulmiz!

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086083390987730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086083390992510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086083390994900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086083390997290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086083391000875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086083391003265.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2086083391008045.jpg

Tuman madaniyat markazining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida tuman markazida joylashgan korxona-tashkilot va muassasalar mutasaddilari, tadbirkorlik sub'ektlari vakillari, Rovon va Istiqlol mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi, mahallada yashovchi nuroniylar bilan ochiq muloqot tashkil etilldi. Tadbirda shuningdek, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i Faridjon To'raboyev ham ishtirok etdi.

Tuman hokimi ochiq muloqot avvalida davlatimiz rahbari tomonidan So'x tumaniga berilayotgan e'tibor, tuman miqyosida bo'layotgan o'zgarishlar haqida gapirib, bunday o'zgarish va yangilanishlar muntazam davom ettirilishini ta'kidladi. Biroq, biz – So'x tumani fuqarolari bunday e'tiborga javoban amaliy ishlar qilmayotganligimiz qattiq tanqid qilindi.

So'x tumani turizm hududiga aylanishi, 2025 yilda tuman turizm salohiyatini ko'tarishga oid amaliy ishlar qilinishi, bundan keyin So'xga sayohatchilarning oqimi ko'payib borishi, buning uchun tuman miqyosida bir yarim trillion so'mdan ortiq qiymatga ega bo'lgan loyihalarning tatbiq etilishi bo'yicha tadbir ishtirokchilariga ma'lumot bergan tuman hokimi bo'layotgan o'zgarishlarga javoban harakat qilish lozimligini ta'kidladi.

Tuman markazidagi tozalik uva ozodalikka alohida e'tibor qaratish, tuman markazida hamisha saranjom-sarishtalikni ta'minlash, kelayotgan mehmonlar uchun ijtimoiy hojatxona va boshqa maishiy xizmat ko'rsatish nuqtalarini tashkil etish, har bir savdo nuqtasi va davlat idorasi oldiga axlat quttilarini o'rnatish, markazdagi tirbandliklarni bartaraf etish bo'yicha qat'iy choralar ko'rish, tuman markaziy dehqon bozori hududida savdo-sotiq bilan shug'ullanayotgan savdogarlar va tadbirkorlarni bozor ichkarisiga olib kirib joy bilan ta'minlash, markazdagi noqonuniy qurilmalar bo'yicha o'rganishlar olib borib, o'zboshimchalikka yo'l qo'ygan va markaz ko'chasi ikki tomonini noqonuny egallab olgan fuqarolarni ogohlantirish va mutasaddi idoralar vakillari talabiga befarq bo'lgan fuqarolarga insbatan qonun doirasida choralar ko'rish bo'yicha qat'iy topshiriqlar berildi.

Tuman markazidagi tozalik va ozodalikni domiiy ta'minlash bo'yicha mutasaddi tashkilot va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh va shtab tashkil etilib, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i Faridjon To'raboyev shtab rahbari etib tayinlandi. Shtab a'zolari tomonidan taqdim etiladigan har kunlik ma'lumotga doir qilingan ishlar tahlili yo'lga qo'yiladi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz