Fuqarolar murojaatining tezkor ravishda o'rganilishi – muammo bartaraf etilishining asosiy omilidir








Bugun Guliston mahalla fuqarolar yig'inidagi 9-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida mazkur mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o'tkazildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Muslimbek Mavlonbekov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining So'x tumani Xalq qabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov, O'zbekiston mahallalari uyushmasi So'x tumani bo'limi boshlig'i Qosimjon Haydarovlar ham qatnashdi.
Mazkur muloqotda Guliston mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi bir guruh fuqarolarning mahalladagi sug'orish suvi ta'minotiga bog'liq muammo yuzasidan qilingan ommaviy murojaati o'rganildi va mazkur murojaat mutasaddi tashkilot, korxona va muassasalar mutasaddilari ishtirokida ko'rib chiqildi.
Guliston, Mulgon, Chumoqcha, Zangat, Demursad, Chashma mahalla fuqarolar yig'ini aholisi sug'orish mavsumida asosan mazkur hududlarda o'rnatilgan tik quduqlardan foydalanishadi va foydalanilgan suv xarajatlari 2024 yilning oxirigacha to'liq davlat tomonidan qoplab berilgan. Avval tuman irrigatsiya bo'limi va UNS balansida bo'lgan tik quduqlar 2025 yilgi mavsumdan boshlab mahallalar balansiga o'tkazilishi va xarajatlar iste'molchilar hisobidan qoplanishi aholi orasida targ'ib qilingan. Fuqarolar aynan qanday asos bilan tartib o'zgargani, agar asos bo'lmasa, avvalgi tartib bo'yicha sug'orish suvidan bepul foydalanishni talab qilib murojaat qilishgan.
Ochiq muloqot chog'ida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Guliston mahallasi fuqarolariga murojaat qilib, oxirgi yillarda tuman miqyosida va bevosita mazkur mahallada amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish, keng ko'lamli qurilish va ta'mirlash ishlari haqida gapirib, buning barchasi bevosita davlatimiz rahbari e'tibori asosida amalga oshirilayotganligini ta'kidladi. Biroq, hali tumanda hal etilishi dolzarb bo'lgan muammolar ham bor: ichimlik va sug'orish suvi ta'minotidagi muammolar kunning asosiy mavzusi ekanligini qayd etib o'tdi.
Tuman hokimining qishloq va suv xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari Muslimbek Mavlonbekov tomonidan mahalla fuqarolariga nima uchun foydalanilgan sug'orish suvi “pulli” bo'lganligi bo'yicha asosli tushuntirishlar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligining tegishli xatiga asosan 2024 yil 7 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Qishloq xo'jaligida suv va energiya resurslari samaradorligini oshirish” yuzasidan kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishidagi 48-sonli topshiriqning 12-b bandiga asosan yil (2024) yakuniga qadar Suv xo'jaligi vazirligiga tegishli 4,5 minggta sug'orish quduqlari elektr energiyasi uchun to'lovlarni mazkur quduqlardan foydalanuvchi fermer xo'jaliklari hisobidan to'lanishni ta'minlash belgilangan.
Mazkur xatga asosan Farg'ona viloyatidagi ikki va undan ortiq iste'molchiga xizmat qiladigan 587 dona va aholi tomorqalariga xizmat qiladigan 113 dona sug'orish ququdqlarini elektr energiyasi xarajatlari 2025 yildan boshlab Suv xo'jaligi vazirligi hisobidan qoplanmasligini inobatga olgan holda, tuman hokimliklari “Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi AJ, tuman Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda mahalla faollari bilan birga mazkur sug'orish quduqlariga “Elektr energiyasi yetkazib berish shartnomasi”ni qayta rasmiylashtirilshi lozimligi ko'rsatib o'tilganligi ochiq muloqot ishtirokchilariga ma'lumot tarzida yetkazildi.
Tadbirda so'z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyevlar bugungi kunda ba'zi rahbarlarning mas'uliyatsizligi oqibatida aholi aziyat chekayotganligi, loqaydlik oqibatida muammolar ko'payib ketayotganligi qattiq tanqid qilindi.
Ochiq muloqot davomida Guliston mahalla fuqarolar yig'ini yettiligi, tuman irrigatsiya bo'limi, nasos stantsiyalari bo'limi va tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tez va qisqa muddatda qonunda belgilangan tartibda aholiga sug'orish suvi yetkazib berish bo'yicha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan qat'iy topshiriqlar berildi.
Ochiq muloqot jarayonida fuqarolar rahbarlarga muammolari yuzasidan savollar berib kerakli javoblar olishdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Bayramga bag'ishlab tadbir o'tkazildi

Xalq farzandlari nomi barhayot


Mahalladagi Xotira majmuasi poyiga gulchanbarlar qo'yildi