Amirali Saidbekov ikkinchi jahon urushi qahramoni sifatida xotiralarda mangu qolajak








Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi oldin Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi QAHRAMONI Amirali Saidbekov nomi bilan tilga olinardi. Maktabda qahramon xotirasini abadiylashtirish maqsadida byust ham o'rnatilgan.
Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tumandagi huquq-tartibot, huquni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida mazkur maktabda o'rnatilgan Xotira majmuasi - Amirali Saidbekov byusti poyiga gullar qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda mahalla faollari, maktab ma'muriyati, o'qituvchi va o'quvchilari qatnashdi.
Amirali Saidbekovning hayot yo'li, qahramonligi tuman hokimi va tadbirda ishtirok etgan o'quvchilar tomonidan yana bir karra yodga olindi. Shuningdek, tadbirda qahramonning oila a'zolari va yaqinlari ham ishtirok etib, bu e'tibor uchun minnatdorchilik izhor etdilar.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Bayramga bag'ishlab tadbir o'tkazildi

Xalq farzandlari nomi barhayot

Mahalladagi Xotira majmuasi poyiga gulchanbarlar qo'yildi