Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
45
4

512025-04-19 08:05

Faxriylar «Obod ta‘lim» o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745031873625.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745031873910.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745031873915.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745031873912.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745031873913.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745031873916.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745031873936.jpg

Davlat xizmatida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, hozirda iste‘fodagi harbiy faxriylar Farg‘ona tumani «Obod» mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan «Obod ta‘lim» o‘quv markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida faxriy mehmonlarga «Obod ta‘lim» o‘quv markazining tashkil topish tarixi, ta‘lim sohasida erishgan yutuqlari, mavjud imkoniyatlari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalari haqida batafsil ma‘lumotlar berildi. Shuningdek, ular markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘quv jarayonlarini kuzatishdi.

Faxriylar o‘quv markazida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar, mahalla faollari hamda yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, o‘z hayotiy tajribalari, xizmat yillaridagi xotiralari va yoshlarga oid ezgu tilaklarini bildirishdi. Suhbat davomida yoshlarga vatanparvarlik, intiluvchanlik va ilmga chanqoqlik ruhida kamol topish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz