O‘zbekiston tumanida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi





O‘zbekiston tumanida kichik va o‘rta biznesning jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov, tuman prokurori Obidjon Sobirov, biznes vakillari hamda sohaga daxldor mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va tarmoq vakillariga berilgan yengilliklar, soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar tushuntirildi.
Mamlakatimizda 2025 yil 1 maydan boshlab joriy qilinadigan “o‘zini o‘zi band qilgan shaxs - yakka tartibdagi tadbirkor - kichik biznes - o‘rta biznes - yirik korxona” zanjiri asosida tadbirkorlarning yiriklashuvini rag‘batlantirish bo‘yicha mexanizmlar ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini o‘ylantirib kelayotgan muammolar, yangi loyihalar bo‘yicha taklif va tashabbuslarni o‘rtaga tashladi. Tinglanib, o‘rganilgan muammolarga yechim topish, ularni ijobiy hal etish choralari va bunga mas’ullar belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Qo‘rg‘onobod MFYda "Super kids" xususiy bog‘chasi foydalanishga topshirildi



Buvayda tumanida 2025-yilgi pilla mavsumi izchil davom etmoqda

Asilbek Aliyev Ravshanjon o‘g‘li – yosh va istiqbolli futbolchi