Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
48
5

1802025-04-15 18:06

Quvasoy shahrida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084943282289810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084943282298175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084943282304150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084943282307735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2084943282308930.jpg

Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish hamda elektr tizimining barqarorligini oshirish maqsadida Quvasoy shahrida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Quvasoy shahrining Nayman mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ma’nan eskirgan tayanch ustunlari o‘rniga yangi beton qoplamali tayanch ustunlari o‘rnatish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Ushbu loyiha natijasida hududdagi mavjud elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklama kamayib, transformator punktlarining faoliyati barqarorlashadi.

Eng asosiysi, ushbu yangilanishlar orqali mahalla aholisi uchun elektr ta’minoti sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Bu esa kundalik hayotda qulayliklar yaratish bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatning barqaror rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz