Nogironligi bo'lgan bolalarga nafaqa murojaat qilinganligidan qat'iy nazar tayinlanadi

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida nizom”i da quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalar ni tayinlash tartiblari belgilandi:
nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarga;
o'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo'lgan qonuniy vakilga;
davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo'lmagan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga;
davlat pensiyasini olish huquqiga ega bo'lmagan vafot etgan shaxsning qaramog'idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a'zolariga;
davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi bo'lgan farzandi bor (bo'lgan) onalarga.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Oftobru mahallasida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi

So'x tumanida “DXX kubogi” musobaqalariga start berildi

