Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
45
4

1102025-04-12 14:36

Bilasizmi?

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2084618446503360.jpg

Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi rasmiy davlat hujjatlari (shahodatnoma, sertifikat) dublikatini olish tartibidan xabardormisiz?

Quyidagi hollarda dublikat beriladi:

shahodatnoma (sertifikat) yo'qotilganda;

shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi o'zgartirilganda;

shahodatnoma (sertifikat) yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Vakolatli organ: Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari.

Xizmat bepul ko'rsatiladi.

Davlat xizmatini ko'rsatish muddati: 5 ish kuni.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori.

Mamurjon Hayoyev - So'x tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz