Oftobru mahallasida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi








Oftobru mahallasidagi 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida yoshlar va maktab bitiruvchilari ishtirokida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi. Unda probatsiya guruhi hisobida jazo o'tayotgan 6 nafar mahkumlar O'zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ravishda ozodlikka chiqarildi.
Sayyor qabulda jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudi va tergov sudi raisi ishtirok etdi. Dastlab So'x tuman tergov sudi o'z faoliyati haqida ma'lumot berib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan jinoyat ishlari bo'yicha har bir shahar va tumanda jinoyat ishlari bo'yicha sud tarkibida tergov sudi tashkil etilgani, endilikda tergov sudining ruxsatisiz hech kim vaqtincha hibsda ushlab turilishi mumkin emasligini ta'kidladi.
Shundan so'ng Jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudi raisi Sherzod Madumarov so'zga chiqib, sayyor sudni o'tkazish va unga yoshlarni taklif qilish sababi yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ekanligini ta'kidladi. Sayyor sud majlisida bo'lgani kabi huquq tizimidagi islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida ham so'z bordi.
Qabul davomida fuqarolarning jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy masalalar bo'yicha bir qancha murojaatlari ko'rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonida hal qilindi, qolgan arizalar ijro uchun qabul qilindi.
Sayyor qabulda sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun jazo o'tayotgan 6 nafar fuqaro qilmishidan pushaymon ekanliklarini, tegishli xulosalar chiqarganliklarini, kelajakda o'z yo'llarini isloh qilish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirishga to'liq bel bog'laganliklarini aytib, jazoning qolgan qismidan ozod qilishni so'radilar. Bu yerda inoyat jishlari bo'yicha Samarqand shahar sudining sayyor sud majlisi tashkil etilib, har bir ish alohida muhokama qilinib, shikoyatlar qanoatlantirildi.
Uy qamog'idan ozod etilgan yoki jazosi yengillashtirilgan yoki shartli ravishda ozod qilingan fuqarolarga kelgusida jinoyat sodir etmaslik tavsiya etildi. Chunki jinoyatni takrorlash og'ir jazoga sabab bo'ladi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!