Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
36
1

612025-04-04 17:11

Oftobru mahallasidagi pedagogika texnikumida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610976230.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610978620.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610981010.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610984595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610986985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610988180.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610991765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803610992960.jpg

Yoshlarga berilayotgan e'tibor zamirida ularning kelajagi mujassamligi Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning negizidir. Berilayotgan e'tibor barobarida yoshlarimizni qiynayotgan muammolar ham borki, ularning bartaraf etilishi kunning asosiy masalasi hisoblanadi.

So'x tumani hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashi tomonidan yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo hamda takliflarini o'rganish, bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtilarini mazmunli o'tkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Oftobru mahallasidagi pedagogika texnikumida maktab bitiruvchilari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchilari tomonidan oliy ta'lim muassasalariga kirish jarayoni, imtihon tizimi, grant va kontrakt asosida o'qish imkoniyatlari bo'yicha tushuntirishlar berildi. Yoshlar yetakchilari bitiruvchilarga kerakli tavsiyalarni taqdim etdi. Tadbir ochiq muloqot tarzida o'tkazilib, yoshlarning qiziqish va muammolari tinglandi.

Tadbir davomida yetakchi yoshlarga tuman hokimligi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyati Kengashining esdalik sov¬alari taqdim etildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz