Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
45
4

6712025-04-09 09:12

9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1744171930932.jpg

Amir Temur, Temur, Temurbek (to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul) 1336-yil, 9-aprel Shahrisabz, Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida (hozirgi Yakkabog‘ tumani) tug‘ilgan va 1405-yil, 18-fevral Xitoyga yurishi chog‘ida O‘tror shahrida vafot etgan. Amir Temur o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi hisoblanadi.

Quyida e’tiboringizga Amir Temur haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

1. Amir Temur “Tarjimai hol”ida aytishicha, hayoti mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qilib, ularga doimo amal qilgan: Olloh, tafakkur, qilich, imon va kitob (bitik)dir.

Shuningdek, u davlat boshqaruvida “Kuch – adolatdadir” degan shiorga amalga qilgan.

2. Amir Temur Xitoyga yurish qilishga tayyorgarlikni 1398-yildayoq boshlagan. Turk sultoni Boyazid Yildirim bilan bo‘lgan urush Xitoy yurishini orqaga surgan edi.

3. 1941-yil 20-iyunda Amir Temur qabri ochiladi va ikki kun o‘tgach Germaniya SSSRga hujum qiladi. Shundan so‘ng odamlar orasida Temur qabrining ochilishi tufayli urush boshlandi degan gap so‘zlar tarqaladi. Lekin, fashistlar Sovet Ittifoqiga hujum qilish rejasini ancha oldin tuzib qo‘ygan edilar.

Ikkinchi jahon urushining boshlanishini Amir Temur qabrining ochilishi bilan bog‘laydiganlar juda ko‘p. Bu haqda katta ilmiy maqolalar, hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar ham tayyorlangan edi. Temur qabridan olingan bosh suyak parchalari o‘z joyiga qaytarilgach, urush barham topgan degan taxminlar ham yo‘q emas.

4. Amir Temur qo‘shinlarining soni 200 minggacha yetgan. Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanlarga bo‘lingan.

5. Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi: birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish bo‘lsa, ikkinchi davri (1386-1405) ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan harakterlanadi.

6. Amir Temurning 1395-yilda To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi ruslarning mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini 200 yilga tezlashtirgan.
7. Har sakkiz yuz yilda Sohibqiron dunyoga kelishi to‘g‘risidagi ishonch azaldan keng tarqalgan. Amir Temur uchinchi va hozircha oxirgi Sohibqiron deb bilinadi.

8. Amir Temur olimlarga xayrixoh munosabatda bo‘lar, bilimi va halolligini ko‘rgan olimlarga ishonar edi. U tarixchi va faylasuflar, ilm-fan va ma’muriy sohada bilimdon bo‘lgan kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtidan ham tushardi. Amir Temur o‘zidagi kishilarni bo‘ysundirish qobiliyatiga ularni o‘z hukmronligi ostida baxtiyor qilish iste’dodini ham qo‘shgan edi. (Lui-Matyo Langle)

9. Amir Temur ko‘p vaqtini shatranj o‘yini ustida o‘tkazgan. U o‘z davrining mashhur shatranjchilari bilan bemalol bellasha olgan. (Xilda Xukxem)

10. Amir Temur faqat mahalliy mualliflarnigina rag‘batlantirmay, balki o‘z poytaxtiga chet el olimlari va shoirlarini ham jalb etdi hamda ularning hammasiga hotamtoylarcha mukofotlar hadya etar va o‘z shaxsiy e’tibori va homiyligi bilan ularni qo‘llab-quvvatlardi. Ana shu olimlarning ayrimlari Amir Temur saltanatida o‘z vatanidagidan ko‘proq ta’minlangan edi. (G. Vamberi)

11. Amir Temurning aqliy qobiliyatlari va qiziqishlari ko‘lami kishini ayniqsa, hayratga soladi. Uning hukmdorligi bitilgan tarixlarda tibbiyot, astronomiya va ayniqsa, arablar, forslar va turkiylar tarixi sohasidagi bilimlari madh etiladi. U zavq bilan olimlarning munozaralariga kirishib, ko‘pincha g‘olib chiqardi... (V.F. Mans)

12. 1370 yil martida Amir Temur Samarqandga qaytib, uni o‘z davlatining poytaxti qilib, keyin qonunlarni va o‘z hokimiyati davlat tuzumini tartibga soldi. (Ibn Arabshoh)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz