Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
36
1

532025-04-04 17:07

QONUNChILIKDAGI YaNGILIKLAR

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083803302920765.jpg

“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-1020-sonli O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan “O'simliklar karantini to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga yuridik shaxslarga O'zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni litsenziya asosida amalga oshirish huquqini berishni nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida O'zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek mineral o'g'itlarni va o'simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi va O'zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik uchun jarimalar miqdorlari belgilanmoqda.

“Davlat boji to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonunida mineral o'g'itlarning va o'simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bo'yicha faoliyatni hamda O'zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasi bo'yicha faoliyatni litsenziyalaganlik uchun davlat boji miqdorlari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 21 yanvardagi 04/1-150-sonli topshirig'i bilan “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida”gi 2025 yil 20 yanvardagi O'RQ-1020-sonli Qonuni amalga oshirish “Tadbirlar rejasi” tasdiqlangan.

O'ktamjon Ergashev - So'x tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz