So'x tumanida «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi tomonidan ko'rsatilgan yordamlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 31 maydagi 313-son qarorining 1-ilovasi “«Saxovat va ko'mak» jamg'armasi mablag'lari hisobidan ijtimoiy yordam ko'rsatish tartibi to'g'risida”gi Nizomga asosan «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi tomonidan ko'rsatiladigan yordamlar fuqarolarning og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va shunday vaziyatga tushganlarni og'ir vaziyatdan chiqarishni maqsadid qilgan.
Nizomga asosan ijtimoiy xodim tomonidan «Mahalla yettiligi»ga ko'rib chiqish uchun kiritilgan holda «Mahalla yettiligi»ning yordam ko'rsatish to'g'risidagi kollegial qarori asosida tuman (shahar) hokimligi tomonidan «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi hisobidan tegishli mablag'lar ajratilishi belgilangan.
So'x tumanida 2025-yilning 1-choragida fuqarolarga «Saxovat va ko'mak» jamg'armasi tomonidan 44 nafar fuqarolarga jami 65 300 000 (oltmish besh million uch yuz ming) so'm mablag' ajratildi.
Jumladan:
- dori-darmon uchun 19 nafar fuqaroga 20 300 000 (Yigirma million uch yuz ming) so'm;
- davolanish uchun 7 nafar fuqaroga 7 300 000 (Etti million uch yuz ming) so'm;
- kommunal to'lov uchun 2 nafar fuqaroga 700 000 (Etti yuz ming) so'm;
- kiyim kechak va zaruriy tovarlar uchun 22 nafar fuqaroga 23 400 000 (Yigirma uch million turt yuz ming) so'm;
- ko'mir yoqilg'isi uchun 12 nafar fuqaroga 7 500 000 (Etti million besh yuz ming) so'm;
- oziq-ovqat maxsulotlari uchun 10 nafar fuqaroga 3 600 000 (Uch million olti yuz ming) so'm;
- uy-joyini ta'mirlash uchun 1 nafar fuqaroga 2 600 000 (Ikki million olti yuz ming) so'm mablag' ajratilgan.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma‘rifiy turizm markazining qurilishiga kirishildi

“Urganji” mahallasi binosining ochilishi bayramga aylanib ketdi


9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun