Mahallalar hokim yordamchilarining to‘rtta tuman tajribasini tatbiq etishga doir press-tur tashkil etildi










Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va sohaga fuqarolarni jalb etish bo‘yicha drayverlarni ishga solish bo‘yicha barcha hokim yordamchilariga mas‘uliyatli vaziflar yuklatilgan. Drayverni ishga solish orqali aholininng daromadini oshirish va hududda kambag‘allikni qisqartirish asosiy maqsad qilib olingan.
Bugun tuman hokimligi Axborot xizmati tomonidan “Tuman miqyosidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida Uychi, Zarbdor, Sayhunobod va G‘ijduvon tajribalari asosida amalga oshirilgan ishlar”ga doir press-tur tashkil etildi va press-tur davomida asosan bir mahalla – Lenbur mahallasi hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Press-turda ishtirok etgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, bloger va mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari Lenbur mahallasida tashkil etilgan loyihalarni ko‘zdan kechirishdi va tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.
Tadbir jarayonida mahalladagi tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan qo‘ziqorin etishtirish tajribasi o‘rganildi. Mahallada, press-tur ishtirokchilari shuningdek, chorva mollari parvarishi, issiqxona tashkil etish, anor etishtirish, bedanachilikni rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan ishlarga ham guvoh bo‘lishdi. Mazkur tadbirga doir materiallar ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoq va davriy nashrlarda e‘lon qilinadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Giyohvandlik umr zavoli ekanligini aslo unutmaylik!

“Yashil makon” umumimilliy loyihasida barcha faol ishtirok etmoqda

“Rus tilini o‘rganimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi


Kun hikmati Sen ishonch bilan qirol ekanligingni da‘vo qil