“Rus tilini o‘rganimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi







Respublikamiz ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi farzandlarimizning porloq kedajagiga qaratilgan. Barkamol avlodni til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga doir qilinayotgan ishlar amaldagi islohotlarning bir butun qismini tashkil etadi.
Maktab va maktabgacha ta‘lim muassasalarida bo‘lib o‘tayotgan va tashkillanayotgan tadbirlar ham shu maqsadlarni o‘zida mujassam etganligi bilan ham ahamiyatlidir. 5-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘lib o‘tgan rus tili bayrami ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Faol muallim va barcha rus tili o‘qituvchilarga ustoz sifatida tanilgan, 30-sonli umuiy o‘rta ta‘lim maktabida mazkur fandan talabalarga dars berib kelayotgan Ilhomjon Mahmatov tomonidan tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda bevosita tuman hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ishtirok etdi va tanlovda 5, 20, 29 va 30-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘quvchilari o‘zaro bellashdi.
Qiziqarli tashkil etilgan mazkur tanlovda o‘quvchilar faol ishtirok etib, oxirida do‘stlik g‘alaba qozondi va eng faol o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Giyohvandlik umr zavoli ekanligini aslo unutmaylik!


“Yashil makon” umumimilliy loyihasida barcha faol ishtirok etmoqda


Kun hikmati Sen ishonch bilan qirol ekanligingni da‘vo qil