Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish - kunning asosiy talabi!










Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tumanimiz miqyosida keng ko‘lamli tadbirlar olib borilyapti.
So‘x tumani Guliston mahallasidagi politexnikumda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda tuman hokimi, sektor rahbarlari, mas‘ul tashkilotlar mutasaddilari, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, yoshlar etakchilari va nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlarning jamiyatda mustahkam o‘rin egallashlari, bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi, biroq ayrim yoshlarda ma‘naviy-axloqiy ko‘nikmalarning etarli emasligi oqibatida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi ta‘kidlandi. O‘g‘irlik, firibgarlik, tovlamachilik, qasddan badanga og‘ir shikast etkazish, giyohvandlik hamda yot g‘oyalar ta‘sirining huquqiy oqibatlari misollar orqali yig‘ilganlarga etkazildi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev, tuman prkurori Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qosimjon Rahimberdievlar o‘z chiqishlarida tumandagi ba‘zi mahallalarda jinoyatchilik ko‘rsatgichlarining oshishi mutasaddi rahbarlar mas‘uliyatiga bog‘liq ekanligi, bundan keyin “qonun ustuvor, jazo muqarrar” tamoyili asosida ish olib borish shartligini qayd etib o‘tdilar.
Mahallalar ettiligi va hamkor tashkilolar mutasaddilariga bu borada mustahkam hamkorlikni yanada mustahkamlab faoliyat olib borishga doir qat‘iy ko‘rsatmalar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Giyohvandlik umr zavoli ekanligini aslo unutmaylik!


“Yashil makon” umumimilliy loyihasida barcha faol ishtirok etmoqda

“Rus tilini o‘rganimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Kun hikmati Sen ishonch bilan qirol ekanligingni da‘vo qil