Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MA'NAVIYAT HAYOTIMIZDA YANGI KUCH, YANGI HARAKATGA AYLANISHI KERAK” SHIORI OSTIDA MA'NAVIYAT FORUMI BO’LIB O’TDI

×

 2024-04-26 16:07:53    295

PDF yuklash
Chop etish


“Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” shiori ostida ma'naviyat forumi bo’lib o’tdi

Bugun tuman madaniyat markazida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi hamda aloqador tashkilotlar hamkorligida “Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” shiori ostida ma'naviyat forumi bo’lib o’tdi.

Tumanimizga tashrif buyurgan ma'naviyat targ’ibotchilari ko’y-qo’shiqlar sadosi ostida kutib olindi. Mehmonlar tumanimiz yosh iste'dodlari ijod mahsuli ko’rgazmasini ham tomosha qilishdi.

Tadbirda so’z olganlar ayni kunlarda butun Respublika bo’ylab o’tkazilayotgan ma'naviy tadbirlarning asosiy maqsadi haqida gapirdilar. Ezgulikni shior qilib olgan xalq hamisha ma'rifatli va ma'naviyati yetuk millat bo’lishini haqiqiy misollar bilan tilga olishdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi rahbari Masutjon Sulaymonov So’x zamini bashariyat paydo bo’lishiga asos bo’lgan qadimiy maskan ekanligi va ushbu qadimiy va navqiron zaminda ma'naviyati yetuk insonlar umrguzaronlik qilishlarini alohida ta'kidladi.

 

Tadbir davomida mazkur forumni ko’tarinikilikda o’tkazilishini ta'minlashda qo’shgan hissasi uchun tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov, tuman “Nuroniy” jamg’armasi yetakchi mutaxassisi Abdushukur To’raboyev, ma'naviyat targ’ibotchisi Munira Atayevalarga Ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyati bo’limi tashakkurnomalari taqdim etildi. Shuningdek, Devayron mahalla fuqarolar yig’iniga yangi badiiy adabiyotlar to’plami ham topshirildi.

Targ’ibot tadbirida qatnashgan ishtirokchilar tumanga tashrif buyurgan ma'naviyat targ’ibotchilari bilan dildan suhbatlashishdi, ko’y-qo’shiqlar ijro etilib, raqslarga tushishdi. Mazkur targ’ibot tadbirlari tumanimiz mahallalarida ertaga ham davom etadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram