Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANIMIZDA MA'NAVIYAT FORUMI BO’LIB O’TMOQDA: BUGUN USHBU TADBIRGA START BERILDI

×

 2024-04-26 16:04:12    397

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda ma'naviyat forumi bo’lib o’tmoqda: bugun ushbu tadbirga start berildi

Bugun Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Farg’ona viloyat bo’limi boshlig’i Masudjon Sulaymonov boshchiligidagi delegatsiya So’x tumaniga tashrif buyurdi. Tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi bo’limi boshlig’i Gulshanjon Ibragimovning ma'lumotiga ko’ra, mazkur tadbir – ma'naviyat forumi doirasida tumanimizning ma'naviy-ma'rifiy hayotidagi amaliy ishlar o’rganiladi.

Delegatsiya tarikibida bo’lgan viloyatmizning tuman va shaharlari ma'naviyat va ma'rifat bo’limi boshliqlari dastavval Soybozor mavzesidagi ma'naviyat va ma'rifat markazida bo’ldilar. Ezgu niyatlar bilan barpo etilgan ma'naviyat bog’iga yangi manzarali daraxtlar ko’chatlari o’tqazildi.

Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’limi binosida bo’lgan mehmonlar bu yerdagi sharoitlar bilan tanishdilar. Mazkur tadbir ta'rixiy sana – zabardaast shoir Muhammad Yusufning tavallud ayyomiga to’g’ri kelganligi bois, markaz binosida shoir xotirasi yana bir karra yodga olindi.

Tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov boshchiligida mehmonlar 1-sonli umumiy o’rta ta'lim mktabida bo’ldilar va bu yerda o’quvchi talabalar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Bugun kunning ikkinchi yarmida tuman madaniyat markazida ma'naviyat forumining asosiy qismi bo’lib o’tadi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram