Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

×

 2024-04-26 10:20:03    219

PDF yuklash
Chop etish


DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI


Tuman hokimligida oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 87-sessiyasi bo’lib o’tdi.


Sessiyada tumandagi sektor rahbarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Olyi Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G’aniyev ham qatnashdi.  

 

Sessiyaga qo’yilgan 6 ta masala sessiya ishtirokchilari tomonidan alohida tahlil va muhokama qilindi.


Sessiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar –


Tuman hokimining 2024-yil I-chorakida “O’zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining amalga oshirilishi natijalari to’g’risidagi hisoboti;


tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’ining 2024 yil I-chorakida “Huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi” haqidagi hisoboti;


jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni tanlab olish jarayonini 2024 yil I-chorakida amalga oshirilishi to’g’risida;


So’x tuman Adliya bo’limining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorlari hamda huquqni qo’llash amaliyoti holati to’g’risidagi axboroti;


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024 yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning mahalla-ettiligi bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga quyish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori haqida;

 

Tuman Kengashi deputati, Hazrati-Ali MFY raisi S.Nishonovning so’rovi to’g’risida.


Sessiyaga tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi va uni olib bordi.


Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yicha tuman tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev,  tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i Zayliddin Iskandarov, tuman adliya bo’limi vakili O’ktamjon Ergashev, Xalq deputatlari So’x tuman Kengashi kotibiyat mudiri Masudjon Jumayev va tuman Kengashi deputati, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini raisi Subhonali Nishonovlar ma'ro’za qildilar.


Tuman hokimi o’z so’zida tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, tuman miqyosida “O’zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining amalga oshirilishi natijalari to’g’risidagi alohida to’xtalib o’tdi.

 

Sessiya kun tartibidagi boshqa masalalarga oid sessiya ishtirokchilarining muzokaralari tinglandi.

 

Deputat Subhonali Nishonov ham so’zga chiqib, deputatlik so’rovida Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan ziyoratgohda o’zboshimchalik bilan egallanib olingan yer maydonlari va bu hudud madaniy meros ob'ektlariga taalluqligiga qaramasdan qurilish ishlari olib borilayotganligi xususida murojaat etgani xususida gapirdi va ushbu muammo yechimi bo’yicha amaliy ishlar qilinishi lozimligini qayd etdi.

 

Shuningdek, deputatning so’rovi bo’yicha 2023 yilda mehnat ta'tili olgan 14 nafar So’x tuman mahalla raislariga qonunda ko’rsatilgan modiy yordamlar shu kungacha berilmagan. Sessiyaning qaroriga oid ushbu mablag’ ham tuman hokimligi tomonidan o’tkazib beriladigan bo’ldi.  

 

Sessiyada so’z olgan O’zbekiston Respublikasi Olyi Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G’aniyev ishtirokchilarga bugungi kunda respublikamizda 4 millionga yaqin uy-joyning kadastr hujjati yo’qligi, ularning aksariyati qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan sug’oriladigan yer maydonlari balansida turganligi va tegishli hokimlik qarori bilan uy-joy uchun yer berilgan, ammo kadastr hujjati qilinmaganligi xususida gapirdi.

 

Shu muammolarni hal etish uchun Qonunchilik palatasida o’tgan haftada deputatlar tomonidan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni e'tirof etish to’g’risidagi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunning mazmun-mohiyati va uning qo’llanishi xususida deputat ishtirokchilarga to’liq ma'lumot yetkazdi.          

 

Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yicha ma'ruzachilar tomonidan kerakli ma'lumotlar yetkazildi va sessiya qizg’in munozarlarga boy tarzda o’tdi.


Qo’yilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qaror loyihalari deputatlar tomonidan tasdiqlandi.


Shu bilan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 87-sessiyasi yakunlandi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram