Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA HAM “EDU LAND ACADEMY” NODAVLAT TA'LIM MUASSASASI FAOLIYATI YO’LGA QO’YILADI

×

 2024-04-25 18:07:23    188

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanida ham “Edu Land academy” nodavlat ta'lim muassasasi faoliyati yo’lga qo’yiladi

Respublikamizda ta'lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar o’sib kelayotgan barkamol avlod kelajagiga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. Davlat ta'lim muassasalari barobarida nodavlat ta'lim muassasalariga berilgan imkoniyatlar ham ta'lim-tarbiya rivoji va yuqoridagi ezgu maqsadlarni ro’yobga chiqarishda xizmat qiladi.

Respublikamizning boshqa hududlarida bo’lgani kabi So’x tumanida ham ushbu yo’nalishda ilk qadamlar qo’yilmoqda. Bir guruh ma'naviyati yetuk va ma'rifatli yoshlarimiz sa'y-harakati va tashabbusi bilan tumanda “Edu Land academy” xususiy maktabining filiali ochiladi.

Mazkur quvonchli yangilikni tuman ahliga yetkazish va boshlangan ezgu va xayrli amal ro’yobi maqsadida bolalar yozgi sog’lomlashatirish oromgohida tuman ziyoilari va yetakchi faxriy o’qituvchilar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Samimiy muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatiga nazar tashlandi va uning So’x tumanida faoliyat boshlashining afzalliklari haqida gapirildi.

Aytish lozim, oliy ta'lim dargohiga kirish niyatida bo’lgan so’xlik yoshlar asosan viloyat markazidagi va boshqa shahar-tumanlardagi repetitorlik kurslari yoxud xususiy maktablarga qatnashar edi. Bu albatta, tabiiyki, katta sarf-xarajat talab etilar edi.

Endi ilmga tashna bo’lgan har bir murg’ak qalb o’zimizning tumanimizda tashkil etilayotgan xususiy maktabda tahsil olishlari mumkin bo’ladi. Tadbirda maktabdagi yaratib beriladigan shart-sharoitlar va qulayliklar haqida to’liq ma'lumotlar yetkazildi.

“Edu Land academy” nodavlat ta'lmi muassasasi Istiqlol mahallasida bunyod etilgan bolalar yozgi sog’lomlashtirish oromgohida tashkil etiladi. O’quv jarayoni mazkur muassasada yangi o’quv yilidan boshlanadi.

Tadbirda ishtirok etgan “Edu Land academy” nodavlat ta'lim muassasasi vakillari va yetakchi mutaxassislari ishtirokchilarga bu bo’yicha yetarli ma'lumotlar berishdi. Mazkur ta'lim muassasasida tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, xorijiy tillarni o’rgatish mashg’ulotlari repetitorlik usulida olib boriladi. Quvonarlisi, mazkur muassasada ta'lim tojik va o’zbek tillarida olib boriladi.

Mazkur muassasada ta'lim uch bosqichda – 1 – 4-sinflar, 5 – 7-sinflar va 8 – 11-sinflar kesimida yo’lga qo’yiladi. Talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lgan farzandlarimizga malakali ustozlar jamoasi sifatli ta'lim berish barobarida ularni oliy ta'lim muassasalariga sifatli tayyorlashga astoydil harakat qiladilar.

Tadbirda ishtirok etgan So’x tumani hokimligi vakillari, faxriy muallimlar va ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ustozlar so’zga chiqib, nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatiga oid o’z fikr-mulohazalarini izhor etdilar. Oromgohda yaratib berilgan qulay shart-sharoitlar talabalarni tanlagan yo’nalishlarini qunt bilan o’rganishga imkoniyat yaratib beradi.

Nodavlat ta'lim muassasasiga oid to’liq ma'lumotlarni ijtimoiy tarmoqdagi t.me/eduland_sokh telegram havolasi orqali olishingiz mumkin bo’ladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram