Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ER UCHASTKALARIGA BO’LGAN MULK VA IJARA HUQUQI E'TIROF ETILMOQDA

×

 2024-04-24 11:30:27    247

PDF yuklash
Chop etish


Er uchastkalariga bo’lgan mulk va ijara huquqi e'tirof etilmoqda

Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 1-sektor binosida O’zbekiston Respublikasi Olyi Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G’aniyev ishtirokida mazkur hudud fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Oliy Majlis deputati tomonidan ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklar haqida asosli tushuntirishlar berildi.

Hayotiy o’zgarishlar fuqarolarda yerga bo’lan munosabatlarini o’zgartirish lozimligi zarurligini taqozo etmoqda. Bugungi kunda Respublikamizda yer uchastkalariga bo’lgan mulk va ijara huquqi e'tirof etilmoqda.

O’zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni e'tirof etish to’g’risidagi Qonun loyihasi ham aynan ushbu dolzarb masalaga daxldor huquqiy hujjat hisoblanadi.

Ahmadjon G’aniyev ishtirokchilarga Qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berdi va yerga bo’lgan munosabat Qonun bilan tasdiqlab qo’yilayotganligi hayotiy zarurat ekanligini ta'kidladi. Uchrashuv davomida mavzu bo’yicha ishtirokchilar o’z savollariga kerakli javoblar oldilar.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram