Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDAN DARAKLAR

×

 2024-04-19 18:57:03    253

PDF yuklash
Chop etish


Mahallalardan daraklar

Elektr energiyasi ta'minotidagi muammolarni hal etish yuzasidan Saribozorcha mahallasida amaliy ishlar qilinmoqda. Tuman ETK xodimlari tomonidan temir-beton tayanchlariga to’siq bo’layotgan, ko’cha qismida bo’lgan daraxtlar tozalanmoqda.

Prezidentimizning 20-sonli qarori asosida fuqarolarga ajratib berilgan 15-sotixli yerlardan samarali foydalanish yuzasidan olib borilayotgan ishlar Devayron mahallasida o’rganilmoqda.

Mazkur mahallada elektr energiyasi muammolari ham bartaraf etilayotir;

Ishsiz yoshlarga e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, mahalladagi ishsiz fuqaro Navro’zjon Ziyotaliyevga subsidiya asosida motokultivator berildi.

Tul mahallasi, “Surati” ko’chasida yashovchi aholi murojaatlariga binoan, elektr energiyasi ta'minotidagi muammolar soha vakillari tomonidan bartaraf etilmoqda. Bu ishlarda xususiy tadbirkorlar ko’magi ham beqiyos.

Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida avtomobil yo’llaridagi to’siqlar olib tashlanmoqda. Mahalla raisi tashabbusi bilan boshlangan bu ishlarda mahalla mutasaddilari faol ishtirok etishayotir.

Mazkur mahalladagi kam ta'minlangan oilalarga “Saxovati mahallai Hazrati Ali” jamg’armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bu e'tibordan mahalla ahli va ehtiyojmand fuqarolar mamnun va minnatdor.

Navobod mahalla fuqarolar yig’inidagi Malbut qishlog’ida joylashgan eski qabristonni obodonlashtirish ishlarida barcha fuqarolar faol qatnashmoqda.

Shuningdek, mahaladagi umumta'lim maktabida harbiylar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Sharqobod mahallasida ham obodonlashtirish yo’lidagi ishlar qizg’in kechmoqda. Mahallada jinoyatchilikni oldini olish va ogohlikni kuchaytirish maqsadida ichki ko’chalarga videoko’zatuv kameralari o’rnatish ishlari olib borilayapti.

                  So’x tumani hokimligi Axborot hizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram