Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BILASIZMI?

×

 2024-04-15 15:34:40    311

PDF yuklash
Chop etish


BILASIZMI?

Mehnat qonunchligida 3 yoshga to’lmagan va undan katta yoshdagi bolalari bo’lgan ayollarga quyidagi kafolatlar belgilangan:

 

Mehnat qonunchiligida 3 yoshga to’lmagan bolasi bor ayollardan tashqari, 12 yoki 14 yoshga to’lmagan (16 yoshga to’lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan ayollarga ham ayrim kafolatlar nazarda tutilgan. Bular quyidagilardir:

- 14 yoshga to’lmagan bitta va undan ortiq bolani (16 yoshga to’lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg’iz ota, yolg’iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg’iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik ta'tillar, ularning xohishiga ko’ra yoz vaqtida yoki ular uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda beriladi (MK 144).

- Homilador ayollarni va 14 yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo’l qo’yilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog’lig’i uchun xavf tug’dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi (MK 228).

- Homilador ayolning, 14 yoshga to’lmagan bolasi (16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a'zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsning iltimosiga ko’ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasi (119-modda) belgilashga majburdir (MK 229).

- 12 yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan haq to’lanadigan qo’shimcha ta'til beriladi (MK 232).

- 12 yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga ularning xohishiga ko’ra, har yili 14 kalendar kundan kam bo’lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi. Bunday ta'til yillik ta'tilga qo’shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda undan alohida (to’liq yoxud qismlarga bo’lib) foydalanilishi mumkin (MK 232).

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram