Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHA MAHALLASIDA HAR SOHADA ISHLAR QIZG’IN KECHMOQDA

×

 2024-03-25 16:59:42    195

PDF yuklash
Chop etish


Qal'acha mahallasida har sohada ishlar qizg’in kechmoqda

Tumanimizning 1-sektori hududidagi Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inida olib borilayotgan ishlarni o’rganish va amaliy ishlar jarayonini ko’zdan kechirish maqsadida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ayni damda ushbu mahallada mahalla mutasaddilari faoliyati bilan tanishmoqda. Mahallada ayni kunda hudud tozaligini ta'minlash va obodonlashtirish yo’nalishida amaliy ishlar qilinmoqda.

Mahalla raisi va mahalla yettiligi tashabbusi bilan Qal'acha mahallasining kirish qismiga yangi banner o’rnatilmoqda. Bu ishda mahalladagi saxovatpesha insonlar amaliy ko’mak ko’rsatishayotir.

Mahalla hududidagi ekin yer maydonlarida ham ishlar qizg’in kechmoqda. Ekin yer maydonlarini tayyorlash, ekin ekish ishlari ham tuman hokimi tomonidan o’rganilib, soha vakillari va mirishkorlar bilan mazkur mavzuga doir suhbat qilindi. Bobodehqonlar xirmoniga baraka tilab, duolar qilindi.

Mahallaning Javpaya mavzesida ham ayni damda ishlar jarayoni qizg’in kechmoqda. Tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tuman hokimi tomonidan bugun hokim yordamchilari ishtirokida o’rganildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram