TUMAN MARKAZIDA YANGI SAVDO MAJMUASI FAOLIYAT BOSHLADI
2024-03-19 16:13:39 203
Tuman markazida yangi savdo majmuasi faoliyat boshladi
Tadbirkorlikka ochib berilgan keng yo’l va tadbirkorlarga yaratib berilgan qulay shart-sharoitlardan samarali foydalanayotgan tumanimizning mazkur soha xodimlari iqtisodiyot ravnaqi va rivojiga ham hissa qo’shishmoqda. Tadbirkorlar faoliyati tufayli yangi sub'ektlar paydo bo’lmoqda.
Bo’sh turgan binolardan foydalanish va shu orqali tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha tumanimizda ham arzirli ishlar qilinmoqda. Navro’z bayrami arafasida tuman markazida yangi tadbirkorlik sub'ekti o’z fa'oliyatini boshladi.
Davlat xizmatlari markazi binosining pastki qismida “Gilam markazi” savdo kompeksi ish boshladi. Mazkur majmua “Otabek madonna” korxonasiga qarashli bo’lib, korxona rahbari Erkinjon Djurayevning so’zlariga ko’ra, mazkur inshoot ta'mirlash ishlariga 200 million so’m malag’ yo’naltirildi.
Mazkur sub'ektning foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyevlar qatnashdi. Mazkur majmuadan aholi o’zlariga kerakli bo’lgan ro’zg’or mahsulotlari, sifatli gilamlarni maqbul narxlarda olishlari mumkin bo’ladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram