Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OBOD VA FAYZLI MAHALLA – YURT KO’RKI

×

 2024-03-19 16:11:45    129

PDF yuklash
Chop etish


Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki


Uch kun davomida Respublikamiz bo’ylab bo’lib o’tkazilgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko’rki” shiori ostida o’tkazildi.


Navro’z bayramini munosib kutib olish maqsadida tashkil etilgan xayriya hasharida tumanimiz bo’yicha 44 414  mingdan ziyod yurtdoshlarimiz qatnashdilar. 29 gektarga yaqin yer maydonlari obodonlashtirildi.


Qariyb 59 tonna maishiy va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi. 25 ta qabriston, 10 ta ziyoratgoh obodonlashtirilib, salkam 65 ming daraxtga shakl berilib, oqlandi.

O’tkazilgan ushbu xayriya hasharida tumanda jami 204 ta ko’chalar tozalanib, 325 ta xonadonlar va tomarqa yerlari chopilib, tartibga keltirildi. Bundan tashqari, 4 ta bolalar maydonchalari ham tozalandi. “Yashil makon” umumimilliy davlat dasturi doirasida  52 177 tup mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

21 008 to’p mevali, 20 156 to’p manzarali daraxtlar ekilib, ekilgan guzzar soni 3 834 to’pni tashkil etadi.

Bu safargi xayriya hasharida ham kam ta'minlangan oilalarni moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, hashar doirasida 10 ta yurtdoshlarimizning xonadonlari ta'mirlab berildi. Buning uchun 9,7 million so’mdan ortiq mablag’ sarflandi.

 

Shu bilan birga, 80 tadan ziyod ehtiyojmand oilalarga, nogiron va yolg’iz qariyalarga yordam ko’rsatildi va buning uchun 24,7 million so’m mablag’ yo’naltirildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram